Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida jami 1 209 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Gruziyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 479 nafarga yoki 65,6 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat – 1 093 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash – 93 nafar;

davolanish – 10 nafar;

xizmat yuzasidan – 10 nafar;

o‘qish – 3 nafar.

1-9-1024x683_p41466