Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori – 73,5 % ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:
- bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi - 47 trln so‘m
- fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi - 11,5 trln so‘m
- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 5,5 trln so‘m



