Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 1,5 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 960,7 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 80,4 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 181,9 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 71,1 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 96 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 19,5 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 34,4 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 2,1 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 35,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 6,1 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 2,4 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,4 mlrd so‘m.



