Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 653,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 42,7 mln AQSH dollariga yoki 7,0 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasi:
TSA — 653,4 mln AQSH dollari
Eksport — 231,6 mln AQSH dollari
Import — 421,8 mln AQSH dollari
Investitsiya va korxonalar:
2026-yil 1-aprel holatiga Turkiya kapitali ishtirokidagi korxonalar soni — 2 186 ta
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar — 655,2 mln AQSH dollari
Turistik safarlar:
Turkiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar — 39 445 nafar
O‘zbekistondan Turkiyaga borgan turistlar — 52 199 nafar
Ta’lim maqsadidagi safarlar:
Turkiyadan O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelganlar — 423 nafar
O‘zbekistondan Turkiyaga o‘qish maqsadida ketganlar — 527 nafar



