Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida jami 4 048 417 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 930,8 ming nafarga yoki 29,9 foizga oshgan.

O‘zbekistonga turistlar eng ko‘p kelgan TOP-10 davlat:

Qirg‘iz Respublikasi – 1 141 581 nafar;

Tojikiston – 965 488 nafar;

Qozog‘iston – 935 003 nafar;

Rossiya – 341 842 nafar;

Afg‘oniston – 161 537 nafar;

Xitoy – 132 240 nafar;

Turkmaniston – 108 433 nafar;

Turkiya – 57 686 nafar;

Hindiston – 16 057 nafar;

Koreya Respublikasi – 12 145 nafar.

turizm_p69457