2026 yil 18-19-may kunlari Toshkent shahrida birinchi Toshkent xalqaro migratsiya forumi boʻlib oʻtdi. Forum migratsiya sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyani rivojlantirish masalalariga bagʻishlandi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi vakili Ulugʻbek Noipov ham ishtirok etib, “Oʻzbekistonda yoshlar va demografik rivojlanish statistikasi” mavzusida taqdimot qildi.

701701759_976863408383837_876363706729538406_n_p67649

photo_2026-05-18_13-17-00_p22836

photo_2026-05-19_17-25-11_p23144

Taqdimotda Oʻzbekiston aholisining demografik tarkibi, yoshlar ulushi, taʼlim, bandlik va migratsiya jarayonlarini statistik maʼlumotlar asosida tahlil qilish muhimligi qayd etildi. Shuningdek, yoshlar mobilligi nafaqat xalqaro migratsiya, balki ichki migratsiya, taʼlim olish, kasb-hunar egallash, malaka oshirish va mehnat bozoriga kirish jarayonlari bilan ham chambarchas bogʻliq ekani qayd etildi.

Forum doirasida migratsiya jarayonlarini samarali boshqarish, mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, yoshlar uchun xavfsiz va qonuniy mobillik imkoniyatlarini kengaytirish hamda ushbu yoʻnalishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.