Joriy yilning 21-may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanidan Milliy statistika qo‘mitasiga biriktirilgan ishsiz yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Milliy statistika qo‘mitasi raisi B. Hamrayev, “Coca-Cola Uzbekistan” direktori Furkan Aydın, ishsiz yoshlar hamda Chilonzor tumani yoshlar yetakchilari ishtirok etdi. Muloqot davomida yoshlarning muammolari, qiziqishlari, kasb-hunar egallash, bandligini ta’minlash va kelgusidagi rejalarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, IT va buxgalteriya sohasida ta’lim olayotgan ikki nafar yoshning murojaatiga asosan ularga zamonaviy noutbuklar, yana bir nafar yoshga esa haydovchilik kurslarida bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi vaucher taqdim etildi.

photo_2026-05-21_16-53-44_p27195

photo_2026-05-21_16-54-29_p40982

photo_2026-05-21_16-54-32_p58334

photo_2026-05-21_16-54-35_p23055

photo_2026-05-21_16-54-37_p38464

photo_2026-05-21_16-54-40_p83994

photo_2026-05-21_16-54-47_p29944

photo_2026-05-21_16-54-50_p24187

Shuningdek, yoshlar uchun “CCI Uzbekistan” zavodiga ekskursiya tashkil etildi. Ular korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida ishlash istagini bildirgan yoshlar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Mazkur uchrashuv yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.