Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga O‘zbekistonda 580,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

Savdo sohasi — 158 483 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 127 775 ta;

Sanoat — 61 436 ta;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 32 266 ta;

Qurilish — 31 489 ta;

Tashish va saqlash — 18 123 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 14 732 ta;

Axborot va aloqa — 12 750 ta;

Boshqa sohalar — 123 797 ta.

korxona_p86669