Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga O‘zbekistonda 425,8 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 338,9 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,6 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 338 937 ta (79,6 %);
Xususiy korxonalar – 46 337 ta (10,9 %);
Oilaviy korxonalar – 36 434 ta (8,6 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 645 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 439 ta (0,8 %).



