Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–mart oylarida “IT Park” ishtirokchilarining xizmatlar eksporti hajmi 191,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 38,5 mln AQSH dollariga oshgan.

Mazkur davrda “IT Park” ishtirokchilari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 9,4 trln so‘mga yetgan. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,8 trln so‘mga ko‘p.

Shuningdek, “IT Park” ishtirokchilari bo‘yicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 500,5 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 348,9 mlrd so‘mga o‘sgan.

it-park_p11853