Joriy yilning 25–26- noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri mahkamasi huzuridagi Hukumat liderlari dasturi hamkorligida “Rahbar ayollar” mavzusida onlayn forum o‘tkazildi.Mazkur forumda xorij va yurtimizdagi turli vazirlik va idoralarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritayotgan ayollar ishtirok etdi.
Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O’zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo’yicha komissiya raisi Tanzila Narbaeva ochib berdi. Shuningdek, virtual forumda BAA Davlat boshqaruvini rivojlantirish va kelajak vaziri. E. Ohood Al Roumi, Dubay hukumati Matbuot xizmati bosh direktori H.E. Mona Al Marri va boshqa ishtirokchilar gender tengligi va ayollarning davlat boshqaruvidagi o’rni borasida so’zga chiqishdi.
Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Talipova ham mazkur forumda ishtirok etdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – jahonda gender tengligini ta'minlashga oid dolzarb muammolarni atroflicha muhokama qilish, davlat, jamiyat va biznes boshqaruvida xotin-qizlarning faolligini oshirish.
Forum ishtirokchilari gender tenglikni ta'minlash, bu bo‘yicha optimal yechimlarni ishlab chiqish, davlat, jamiyat va biznes boshqaruvida xotin-qizlarning faolligini oshirish yuzasidan so‘z yuritishdi.
Shuningdek, qatnashchilar ayollarning yetakchilik va rahbarlik qobiliyatlarini rivojlantirish, davlat xizmatchilarining gender tengligini ta'minlash masalalarida fikr-muloza almashishdi.
Axborot xizmati




