Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-aprel oylarida turli rusumdagi 148 859 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 ming donaga oshgan.
Ishlab chiqarilgan avtomobillar rusumlar bo‘yicha quyidagicha:
Cobalt – 53 802 dona;
Damas – 28 352 dona;
Tracker – 14 518 dona;
Onix – 12 259 dona;
KIA – 8 882 dona;
BYD – 7 011 dona;
Haval – 3 425 dona;
Chery – 2 572 dona;
Maxsus yengil avtomobillar – 18 038 dona.



