Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan.
Ularning soni avvalgi o‘quv yili boshiga nisbatan 7 taga kamaygan.
Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 97 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida oliy ta’lim tashkilotlari soni quyidagicha:
Toshkent shahri — 98 ta
Toshkent viloyati — 19 ta
Samarqand viloyati — 14 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 11 ta
Buxoro viloyati — 11 ta
Andijon viloyati — 9 ta
Qashqadaryo viloyati — 9 ta
Farg‘ona viloyati — 9 ta
Surxondaryo viloyati — 8 ta
Xorazm viloyati — 8 ta
Namangan viloyati — 6 ta
Jizzax viloyati — 5 ta
Navoiy viloyati — 5 ta
Sirdaryo viloyati — 3 ta



