Joriy yilning 26- noyabr kuni Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamda Fransiya Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti hamkorligida videokonferensiya tashkil etildi.
Ushbu videokonferensiyani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – aholini ro'yxatini olish bo‘yicha Fransiya tajribasini o‘rganishdan iborat.
Tadbirda Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorlik va madaniyat bo'yicha maslahatchisi Loran Oriol, Fransiya elchixonasining texnik hamkorlik bo‘yicha xodimi Maeva-Lorin Godar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Fransua Bejo, UNFPA eksperti Galina Sherbakova ishtirok etdi.
Davlat statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi xodimlari Fransiya Milliy statistika va iqtisodiy tadqiqotlar instituti xodimi Jan-Fransua Baron bilan aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha fikr almashdi.
Mutaxassislar aholini ro‘yxatga olish sohasidagi ilg‘or tajribalar, ro‘yxatga olish jarayonida Fransiyaning o‘ziga xos metodikasi, binolarning lokal registri va undan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Axborot xizmati







