Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 454,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 489,5 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,9 ming tonnaga yoki 5,6 foizga oshgan.
Eksport tarkibi quyidagicha:
sabzavotlar – 239,8 ming tonna;
meva va rezavorlar – 86,6 ming tonna;
mosh – 26,2 ming tonna;
yeryong‘oq va yong‘oqlar – 9,2 ming tonna;
tarvuz va qovun – 0,2 ming tonna;
boshqalar – 127,6 ming tonna.



