Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida 32 266 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
2026-yilning yanvar-aprel oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 69,8 trln so‘mga yetdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,2 foizga oshgan.
Savdo aylanmasining 79,8 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan, yirik korxonalar ulushi esa 20,2 foizni tashkil etgan.



