Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi qariyb 7,3 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,1 foizga oshgan.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 16,8 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 20,2 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 63 foizi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 3,3 trln so‘m
Toshkent viloyati — 674,3 mlrd so‘m
Samarqand viloyati — 549,2 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 488,1 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 329,0 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 323,6 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 282,6 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 270,0 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 263,5 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 191,2 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 172,5 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 134,0 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 126,5 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 118,4 mlrd so‘m


