Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2026-yilning 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 38,2 mln kishini tashkil etgan.
Doimiy aholi sonining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:
mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar — 12,3 mln kishi (32,1 %);
mehnatga layoqatli yoshdagilar — 21,3 mln kishi (55,8 %);
mehnatga layoqatli yoshdan kattalar — 4,6 mln kishi (12,1 %).



