Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston 44 ta xorijiy davlatga qiymati 24,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 21,4 ming tonna mayiz eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 5,4 ming tonnaga yoki 33,5 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p mayiz yetkazib bergan davlatlar:

Qozog‘iston – 7,3 ming tonna;

Xitoy – 2,2 ming tonna;

Rossiya – 2,1 ming tonna;

Turkiya – 2 ming tonna;

Ozarbayjon – 801,1 tonna;

BAA – 739,6 tonna;

Boshqa davlatlar – 6,2 ming tonna.

mayiz_p77564