Joriy yilning 5-iyun kuni Milliy statistika qo‘mitasida statistik kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida statistik ma’lumotlar, shu jumladan, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish, maxfiy ma’lumotlarning tarqalib ketishining oldini olish hamda ma’lumotlarni xavfsiz saqlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



Shuningdek, ma’lumotlarni xeshlash va shifrlash usullari, ishonchli parollardan foydalanish, xizmat ma’lumotlarini begona shaxslarga yubormaslik, tashqi va ruxsat etilmagan serverlar hamda bulutli xizmatlarda saqlamaslik zarurligi alohida ta’kidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.


