Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 14,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,6 foizga oshgan.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar 43,3 foiz ulush bilan ustunlik qildi.
Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 7,5 trln so‘m
Samarqand viloyati — 993,6 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 834 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 730,7 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 717,8 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 639,9 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 638,8 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 552 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 454,2 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 448,2 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 413,1 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 215,1 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 179,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 159,1 mlrd so‘m



