Joriy yilning 24–27- noyabr kunlari Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari statistika boshqarmalarida Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi qarori ijrosi hamda Аxborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar tashkil etildi.

ut1

Vodiyda o‘tgan uchrashuvlarda Davlat statistika qo‘mitasi Raisning ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qiyomxon Ahmedov hamda qo‘mita axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Usmon Abdurasulov so‘zga chiqib, sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida taklif va tavsiyalar berdi.

ut2

Shuningdek, boshqarma xodimlarining me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi, davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish nazorati borasida ham batafsil tushunchalar berilib, boshqarmalarda davlat tilida ish yuritish bo‘yicha alohida хodim biriktirilishi va uning vazifalari haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

ut3

  Tadbirlar davomida davlatimiz rahbarining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish hamda OAV bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriq va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar berildi. Boshqarma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritilishi, fotosuratlar sifati, jurnalistlarga berilayotgan ma’lumotlarning aniqligi yuzasidan ham fikr-mulohaza almashildi.

Аholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlarni OAVda yoritish, intervyu berish, tashkil etilayotgan tadbirlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish yuzasidan alohida takliflar berildi.

Axborot xizmati