Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-may holatiga O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 14 732 ta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,4 mingtaga ko‘paygan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:

Toshkent shahri — 2 439 ta;

Farg‘ona viloyati — 1 590 ta;

Samarqand viloyati — 1 546 ta;

Andijon viloyati — 1 264 ta;

Toshkent viloyati — 1 132 ta;

Qashqadaryo viloyati — 1 107 ta;

Buxoro viloyati — 1 028 ta;

Namangan viloyati — 989 ta;

Xorazm viloyati — 840 ta;

Surxondaryo viloyati — 751 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 727 ta;

Navoiy viloyati — 533 ta;

Jizzax viloyati — 463 ta;

Sirdaryo viloyati — 323 ta.

193656_2d98e8ff89c5dfdce34899972332_p68242