O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-apreldagi “Hududlarda turizm infratuzilmasini jadal rivojlantirish va sohada loyiha boshqaruvi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–161-son Qarori ijrosini ta’minlash hamda respublikaning tashqi savdo ko‘rsatkichlarida turizm xizmatlari hajmini toʻliq hisobga olinishini taʻminlash, turizm statistikasi koʻrsatkichlarini va turizm yordamchi hisobini yuritish uchun zarur boʻlgan maʻlumotlarni shakllantirish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi va chiquvchi turizm boʻyicha tashrif buyuruvchilarning xarajatlarini oʻrganish yuzasidan tanlanma  kuzatuv oʻtkazilmoqda.

photo_2026-06-09_18-27-02_p42632

photo_2026-06-09_18-27-13_p73275

photo_2026-06-09_18-27-21_p11353

photo_2026-06-09_18-27-25_p88463

photo_2026-06-09_18-27-28_p70152

photo_2026-06-09_18-27-30_p47975

Tanlanma kuzatuv Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) ekspertlari tavsiyalari asosida Milliy statistika qo‘mitasi va Turizm qo‘mitasi tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanlanma kuzatuv Milliy statistika qo‘mitasining malakali mutaxassislari va oliy taʻlim muassasalarning iqtidorli va chet tillarini mukammal biladigan talabalari jalb qilindi. Tanlanma kuzatuvlarda supervayzer va intervyuyer sifatida ishtirok etuvchilar uchun kuzatuvni tashkil etish va o‘tkazish boʻyicha tushuntirishlar berilda hamda soʻrovnomalarni toʻldirish borasida oʻquv-seminarlar oʻtkazildi.


Tanlanma kuzatuvlar Samarqand, Namangan, Toshkent va Urganch xalqaro aeroportlarida, shuningdek, Toshkent va Nukus temir yoʻl vokzallarida hamda Andijon, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining asosiy chegara bojxona postlarida o‘tkazilmoqda.

Kuzatuv yakunlari bilan xorijiy turistlar tashrif buyurgan mamlakatlarni inobatga olgan holda qoʻshni mamlakatlar, MDH mamlakatlari
va uzoq xorijiy mamlakatlar boʻyicha differensiallangan oʻrtacha xarajatlar koʻrsatkichlari shakllantiriladi. Chiquvchi turizm bo‘yicha esa mamlakatdan chiqishda foydalanilgan transport turlari kesimida differensiallangan oʻrtacha xarajatlar koʻrsatkichlari shakllantiriladi. Mazkur ko‘rsatkichlardan mamlakatimizning turizm xizmatlari eksporti va importi hajmlarini hisoblashda foydalaniladi.