Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 313 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 155,8 tonna avokado import qilingan.
Import hajmi 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 49,5 tonnaga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p avokado yetkazib bergan davlatlar:
Qozog‘iston – 74,8 tonna;
Xitoy – 26,5 tonna;
Isroil – 12,4 tonna
Niderlandiya – 10,5 tonna;
Peru – 9 tonna;
Boshqa davlatlar – 22,6 tonna.



