Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 30,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan.
Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining turlari bo‘yicha hajmi quyidagicha:
Kompyuter dasturlashtirish xizmatlari — 46,2 %;
Telekommunikatsiya xizmatlari — 29,9 %;
Axborot sohasidagi xizmatlar — 15 %;
Nashriyot xizmatlari — 6,6 %;
Boshqa xizmatlar — 2,3 %.



