Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlari soni 215 tani tashkil etgan (filiallar bilan birga).
Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 4,1 barobarga oshgan.
Oliy ta’lim tashkilotlari sonining yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:
1991-yil — 52 ta;
1995-yil — 58 ta;
2000-yil — 61 ta;
2005-yil — 62 ta;
2010-yil — 65 ta;
2015-yil — 69 ta;
2020-yil — 127 ta;
2021-yil — 154 ta;
2022-yil — 191 ta;
2023-yil — 219 ta;
2024-yil — 222 ta;
2025-yil — 215 ta.



