Joriy yilning 18-iyun kuni Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari L. Mirsoatov hamda yosh xodimlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.


Uchrashuvda volontyorlik faoliyati, yosh xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni jamoat ishlarida faol ishtirok etishga jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, tadbir davomida xorijiy xizmat safarida bo‘lgan xodimlar ishtirokida taqdimot o‘tkazilib, safar davomida o‘rganilgan tajribalar, kuzatuvlar va amaliy takliflar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.


Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.


