Milliy statistika qoʻmitasida xodimlar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash, ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni oldindan aniqlash hamda profilaktik choralarni kuchaytirish maqsadida Mehnat va fuqaro muhofazasi muhandisi F. Toʻrayev tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida elektr jihozlari, kompyuter texnikasi, yoritish tizimi, yoʻlaklar, arxiv va xoʻjalik xonalari, shuningdek, umumiy foydalanish joylaridagi xavfsizlik holati koʻzdan kechirildi.

7b5a8734_p28340

7b5a8715_p42020

7b5a8734_p71639

Shu bilan birga, yongʻin va elektr xavfsizligi talablariga rioya etilishi, oʻt oʻchirish vositalari, elektr tarmoqlari, uzaytirgichlar, server va arxiv xonalarining texnik holati ham oʻrganildi.

Bunday profilaktik tadbirlar ish joylarida xavfsizlik madaniyatini oshirish, ehtimoliy yongʻin, elektr va texnogen xavflarning oldini olish hamda xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.