Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,8 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 7,3 ming tonna kivi import qilingan.

Import hajmi 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 ming tonnaga yoki 59 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p kivi yetkazib bergan davlatlar:

Eron – 6 ming tonna;

Xitoy – 1,2 ming tonna;

Qozog‘iston – 27,5 tonna

Tailand – 13 tonna;

Italiya – 3,6 tonna;

Boshqa davlatlar – 5,5 tonna.

kiwi_p81977