Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yoshni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 9 yoshga oshgan.
Yillar kesimida O‘zbekistonda doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi dinamikasi quyidagicha:
1991-yilda – 66,4 yosh
1995-yilda – 69,1 yosh
2000-yilda – 70,8 yosh
2005-yilda – 71,8 yosh
2010-yilda – 73 yosh
2015-yilda – 73,6 yosh
2020-yilda – 73,4 yosh
2024-yilda – 75,1 yosh
2025-yilda – 75,4 yosh



