30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Milliy statistika qo‘mitasi markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirokida Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da faol dam olish tadbiri o‘tkazildi.



Tadbir yosh xodimlar o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash, o‘zaro fikr almashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil qilindi.



Dastur doirasida psixologik trening, futbol, voleybol, stol tennisi va suzish bo‘yicha sport mashg‘ulotlari, shuningdek, “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.




