Joriy yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 401 727 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 677 tani (22,3 %) tashkil qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 858 ta;
Farg‘ona viloyati – 10 779 ta;
Qashqadaryo viloyati – 9 123 ta;
Namangan viloyati – 7 188 ta;
Surxondaryo viloyati – 7 018 ta.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
Savdoda – 33 837 ta;
Sanoatda – 16 165 ta;
Qurilishda – 7 850 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 803 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 658 ta.
Axborot xizmati



