Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda 505,9 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 13,2 mln so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 1-iyun holatiga respublikamizda 62 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.



