Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 16,5 foizga oshdi.

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:

savdo xizmatlari — 141,7 trln so‘m;

yashash va ovqatlanish xizmatlari — 90,7 trln so‘m;

transport xizmatlari — 85,3 trln so‘m;

moliyaviy xizmatlar — 84,2 trln so‘m;

aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 39,0 trln so‘m;

ta’lim sohasidagi xizmatlar — 18,8 trln so‘m;

ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 11,8 trln so‘m;

shaxsiy xizmatlar — 9,3 trln so‘m;

sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 9,1 trln so‘m;

kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 6,5 trln so‘m;

ijara xizmatlari — 6,4 trln so‘m;

me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 6,1 trln so‘m;

boshqa xizmatlar — 24,0 trln so‘m.

photo_2026-07-01_17-38-33_p30845