2020- yilning 1- dekabr kuni videokonferensaloqa tarzida Jahon Banki guruhi missiyasi bilan Davlat statistika qo’mitasi vakillarining uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Davlat statistika qo’mitasi tomonidan yig’ilishga raisning ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari – Maxmudjon Djurakulovich Ziyadullayev rahbarlik qildi. M. Ziyadullayev o’z so’zida 2020-2025- yillarda O’zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirish milliy strategiyasini tayyorlash jarayonida jahon banki ekspertlarining roli hamda qo’shma loyihalarni amalga oshirishdagi yaqin hamkorlik munosabatlarning katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda O’zbekiston bo’yicha “Mamlakat iqtisodiy memorandum”ni tayyorlash borasida so’z yuritilib, hukumatning makroiqtisodiy va soliq boshqaruvi, narx va savdoni liberallashtirish, ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishni yaxshilash hamda davlat korxonalari va davlat banklari sohasida amalga oshirilayotgan hukumat islohotlarini muhokama qilindi.

Narxlar statistikasi, demografiya va mehnat statistikasi, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi, statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko’rsatish tarmoq boshqarmalari boshliqlari jahon banki ekspertlarining narxlarni tartibga solish, import uchun tashqi tariflar, byudjet sohasi xodimlarining ish haqi va xususiy sektor borasidagi savollariga atroflicha javob berishdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o’zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Axborot xizmati




