O‘zbekistonda joriy yilning yanvar-oktabr oylarida 3 134,1 ming tonna ko‘mir ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 53,8 ming tonnaga oshgan yoki o‘sish sur‘ati 101,7 % ni tashkil etgan.

1

Davlat statistika qo‘mitasining ma‘lumotlariga ko‘ra, 2020- yilning:

yanvar oyida 383,9 ming tonna (o‘sish sur‘ati 163,1 %);

yanvar-fevral oylarida 695,1 ming tonna (128,9 %);

yanvar-mart oylarida 1 048,2 ming tonna (129,6 %);

yanvar-aprel oylarida 1 213,4 ming tonna (119,1 %);

yanvar-may oylarida 1 366,7 ming tonna (110,2 %);

yanvar-iyun oylarida 1 509,6 ming tonna (99,7 %);

yanvar-iyul oylarida 1 720,8 ming tonna (90,6 %);

yanvar-avgust oylarida 2 178,0 ming tonna (93,1 %);

yanvar-sentabr oylarida 2 635,9 ming tonna(97,1 %) ko’mir ishlab chiqarildi.

Ma‘lumot o‘rnida  aytish joizki, mamlakatimiz 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida xorijiy davlatlarga 1,3 ming tonna yoki 86,1 ming dollarlik ko‘mir mahsulotini eksport qilgan.

O‘z navbatida yurtimizga xorijiy davlatlardan 2 200,7 ming tonna yoki 75,4 mln. dollarlik ko‘mir mahsuloti import qilingan.

Axborot xizmati