Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 586,2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.

Ularning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha soni quyidagicha:

Savdo sohasi — 160 159 ta;

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 128 457 ta;

Sanoat — 62 044 ta;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 32 739 ta;

Qurilish — 31 927 ta;

Tashish va saqlash — 18 295 ta;

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar — 14 862 ta;

Axborot va aloqa — 12 999 ta;

Boshqa sohalar — 124 698 ta.

95e98832a00856d31d7019ad93c7fe75_p24043