Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi joriy narxlarda 447,9 trln so‘mni tashkil etgan.

YAIM tarkibida:

tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati — 427,5 trln so‘m (95,4 foiz);

mahsulotlarga sof soliqlar — 20,4 trln so‘m (4,6 foiz).

Tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida:

xizmatlar sohasi — 240,1 trln so‘m (56,2 foiz);

sanoat — 124,9 trln so‘m (29,2 foiz);

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 36,2 trln so‘m (8,4 foiz);

qurilish — 26,4 trln so‘m (6,2 foiz).

5