Joriy yilning 2- dekabrda Davlat statistika qo’mitasida 2021–2027- yillarda O’zbekiston uchun Evropa Ittifoqining ko'p yillik hamkorlik dasturi muhokamasi bo’yicha videokonferensaloqa tarzida uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda Davlat statistika qo’mitasining tarmoq boshqarmalari boshliqlari, Yevropa Ittifoqining O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari hamda xalqaro moliya institutlari ekspertlari ishtirok etishdi.

Tomonlar O’zbekiston Respublikasida “Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi – 2020-2025” loyihasini amalga oshirish, BRM ko'rsatkichlarini monitoring olib borish, ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini takomillashtirish, 2020- yilda qishloq xo’jaligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishga ko'maklashish, AKTni rivojlantirish hamda gender tengligi borasidagi keng ko'lamli hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha fikr-mulohaza almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar statistikaning barcha sohalari bo’yicha o’zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
Axborot xizmati





