Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-may oylarida xorijdan qiymati 19,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 132 691 dona konditsioner import qilingan.

Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,7 ming donaga yoki 11,5 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p konditsioner yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 128 021 dona

Qozog‘iston – 4 644 dona

Turkiya – 17 dona

Boshqa davlatlar – 9 dona

splitsystemairconditioner-1920w_p50805