Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 343 584 ta (79,7 %);
Xususiy korxonalar – 46 515 ta (10,8 %);
Oilaviy korxonalar – 36 697 ta (8,5 %);
Aksiyadorlik jamiyati – 645 ta (0,2 %);
Boshqalar – 3 496 ta (0,8 %).



