Joriy yilning 10-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalari bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputatlar, Milliy statistika qo‘mitasi mas’ullari, xalqaro tashkilotlar vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Konferensiyada mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalari, ushbu ma’lumotlardan davlat siyosati, hududiy rivojlanish dasturlari va tarmoqlar bo‘yicha strategik rejalashtirishda foydalanish masalalari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish rasmiy statistikaning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ushbu jarayon aholi tarkibi, uy xo‘jaliklari, bandlik, migratsiya, yashash sharoitlari, qishloq xo‘jaligi faoliyati hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlarni shakllantirish imkonini beradi.

photo_2026-07-10_17-29-51_p48620

photo_2026-07-10_17-29-47_p89314

photo_2026-07-10_17-29-44_p23048

photo_2026-07-10_17-29-41_p23259

photo_2026-07-10_17-29-37_p89269

Tadbirda ro‘yxatga olish natijalari qonun ijodkorligi, davlat dasturlari, hududiy rivojlanish strategiyalari, ijtimoiy infratuzilma, bandlik, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi siyosatini takomillashtirishda muhim axborot bazasi bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi. Konferensiya davomida milliy statistika tizimini modernizatsiya qilish, xalqaro standartlarni joriy etish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda statistik ma’lumotlarning sifati va ochiqligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.