O‘zbekistonda shu yilning yanvar–oktabr oylarida 8 804,0 ming tonna sement ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 102,6 % ga o‘sgan.

cem2

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra , 2020- yilning:

yanvar oyida 473,7 ming tonna (o‘sish sur‘ati 74,0 %);

yanvar-fevral oylarida 1 024,9 ming tonna (80,5 %);

yanvar-mart oylarida 1 792,4 ming tonna (89,6 %);

yanvar-aprel oylarida 2 768,9 ming tonna (97,7 %);

yanvar-may oylarida 3 764,0 ming tonna (99,2 %);

yanvar-iyun oylarida 4 720,1 ming tonna (100,9 %);

yanvar-iyul oylarida 5 742,8 ming tonna (102,5 % );

yanvar-avgust oylarida 6 725,4 ming tonna (102,0 %);

yanvar-sentabr oylarida 7 753,4 ming tonna (102,6 % ) sement ishlab chiqarildi.

Sement ishlab chiqarish korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent viloyati 46,7%, Navoiy viloyati 35,1 % hamda Farg‘ona viloyati 12,8 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, mamlakatimiz 2020- yilning yanvar–oktabr oylarida bir qator xorijiy davlatlarga 27,6 mln. dollarlik sement eksport qilgan.

O‘z navbatida yurtimizga 2020- yilning yanvar–oktabr oylarida chet davlatlardan  105,5 mln. dollarlik sement mahsuloti import qilingan.