Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 ming nafarga oshgan.
2026-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p borgan TOP-10 davlat:
Qirg‘iz Respublikasi — 1 547 589 nafar;
Qozog‘iston — 667 722 nafar;
Tojikiston — 619 515 nafar;
Rossiya — 183 759 nafar;
Saudiya Arabistoni — 153 591 nafar;
Turkiya — 127 241 nafar;
BAA — 41 780 nafar;
Xitoy — 36 502 nafar;
Misr — 25 905 nafar;
Vetnam — 23 409 nafar.



