Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2026-yilning II choragida Oʻzbekistonda turar joy koʻchmas mulki narxlari oʻtgan chorakka nisbatan 1,3 foizga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 4 foizga oshgan.
Kvartiralar narxi bir yil davomida 5,5 foizga, jumladan:
birlamchi bozorda — 7,1 foizga;
ikkilamchi bozorda — 4,2 foizga qimmatlashgan.
Yakka tartibdagi uylar narxi esa 2025-yilning II choragiga nisbatan 2 foizga oshgan.
Toshkent shahrida kvartiralar narxi bir yilda 3,9 foizga, respublikaning qolgan hududlarida esa 7 foizga koʻtarilgan.
2026-yilning II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan metodologiya — gedonik regressiya usuli asosida hisoblanmoqda. Mazkur usul uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, bozordagi narxlar dinamikasini yanada aniqroq baholash imkonini beradi.



