2026-yil 20-iyul kuni Milliy statistika qo‘mitasi va Buyuk Britaniya Milliy statistika idorasining «Data Science Campus»ida salohiyatni rivojlantirish yo‘nalishiga rahbarlik qilgan Alison Adams o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi.




Uchrashuvda davlat sektori xodimlarining ma’lumotlar ilmi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kompetensiyalarga asoslangan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, mentorlik va amaliy loyihalarni tashkil etish, shuningdek, universitetlar bilan hamkorlik qilish tajribasi muhokama qilindi.


