2020- yilning 2- dekabr kuni Qirg’iz Respublikasi statistika qo’mitasi, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasining iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq statistika boʻyicha yakuniy seminari boʻlib oʻtdi.

sx-1

Onlayn tashkil etilgan mazkur vebinarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Qishloq xoʻjaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi oʻrinbosari Kadirov Abdujalil hamda bosh mutaxassisi Dexkanova Nigora, shuningdek Sanoat statistikasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Raisova Kseniya ishtirok etishdi.

sx-2

Vebinarda atrof-muhit, Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan shug'ullanuvchi statistik xizmatlar va tarmoq vazirliklari vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi eksperti – Maykl Nagi, Lyuksemburg statistika boshqarmasi xodimi – Olivier Tunus hamda Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiya vakili – Falcon Waco tomonidan taqdimotlar tinglandi.

sx-3

Mazkur vebinarda iqlim o'zgarishi bilan bog'liq asosiy ko'rsatkichlar to'plami, ekologik statistikasi, iqlim o'zgarishi bilan bog'liq ko'rsatkichlarni tayyorlashda ekologik-iqtisodiy hisob tizimining asoslari, pul-kredit ko'rsatkichlari va yer qoplami bilan bog'liq ko'rsatkichlar kabi muhim masalala muhokama qilindi.

Vebinar ishtirokchilari iqlim o'zgarishi bilan bog'liq statistik ko'rsatkichlarni joriy etish bo'yicha amaliy tajriba almashishdi.

Axborot xizmati