Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 8 ta xorijiy davlatga qiymati 4,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 22 443 dona konditsioner eksport qilgan.

Eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 ming donaga yoki 5,1 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekiston eng ko‘p konditsioner yetkazib bergan davlatlar:

Ozarbayjon – 7 367 dona;

Tojikiston – 4 775 dona;

Turkiya – 4 640 dona;

Qirg‘iz R. – 2 448 dona;

Qozog‘iston – 1 324 dona;

boshqa davlatlar – 1 889 dona.

air-conditioner