Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida jami 127 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25,2 ming nafarga yoki 24,7 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

sayohat — 104 289 nafar;

qarindoshlarni yo‘qlash — 19 629 nafar;

davolanish — 1 608 nafar;

xizmat yuzasidan — 967 nafar;

o‘qish — 748 nafar.

photo_2026-07-24_15-03-29